» » Kunlik normal uyqu vaqti qancha?

Kunlik normal uyqu vaqti qancha?

admin | 1 комментарий | 1 086 просмотров
30
08
2019
Kunlik normal uyqu vaqti qancha?
0 голосов
  • KINO KO'RISH
  • SERIAL QISMLARI
Bilaman — sakkiz soat. Shuncha uxlashim shartmi?
Yo‘q, shart emas. Kim uchundir olti soatlik uyqu ham yetarli, kimdir esa to‘qqiz soat uxlab ham uyquga to‘ymaydi. Biroq aksariyat mutaxassislar haqiqatan ham shunday deb hisoblaydi — voyaga yetgan shaxsning optimal uyqu vaqti yetti—sakkiz soatnitashkil etishi kerak.

Qancha vaqt davom etadigan uyquni tabiiy deb hisoblash mumkin?
Bir narsa deyish qiyin. Bu masalada olimlarning fikri turlicha va “tabiiy uyqu” deganda nimani nazarda tutish kerakligi ham hali to‘la aniq emas — uyqu normalari bosqichma-bosqich o‘zgarib borishi mumkin. Ba’zi fikrlarga ko‘ra, muntazam ravishda sakkiz soat uxlash kerak degan g‘oya — nisbatan yangi hodisa. Tarixchi Rojer Ekirx ko‘p yillar davomida turli arxiv hujjatlarini o‘rganib, XIX asrga qadar odamlar o‘z uyqusini ikki qismga bo‘lgan, degan xulosaga keldi — ular avvaliga to‘rt soat uxlab turib, bardam holida bir soat biror ish bilan band bo‘lgan va so‘ng yana uyquga ketgan. Olimning fikricha, bu amaliyot XVII asrdan boshlab, ko‘p jihatdan, ko‘cha va uylarning sun’iy ravishda yoritila boshlangani sabab o‘zgara boshlagan.

Quyosh botayotganida uxlashga yotib, tongda uyqudan turish — eng yaxshi uyqu mana shu, to‘g‘rimi?
Yo‘q. Ba’zi odamlar haqiqatan ham shuni to‘g‘ri deb o‘ylaydi — emishki, tabiat o‘zi shunday yaratilgan, biroq inson sun’iy yoritishni o‘ylab topib, hammasini rasvo qilgan. Bunday emas. Ba’zi mamlakatlarda faqat ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar bor, ya’ni, ular ibtidoiy turmush tarzini olib boradi. Ular qorong‘i tushishi bilan uxlashga yotib, quyosh chiqquniga qadar kamida yetti—sakkiz soat uxlaydi, deb taxmin qilish mumkin edi. Olimlar Namibiya, Boliviya va Tanzaniyadagi shunday qabilalar hayotini kuzatib, ular quyosh botishi bilan darhol uyquga yotmasligi va tong yorishishidan avval uyg‘onishini aniqladi. Ya’ni, ular “sivilizatsiyalashgan” dunyoda ishlayotgan odamlar kabi olti soatga yaqin uxlaydi.

Bu endi chala uyqu qancha davom etganiga bog‘liq. Uyqingiz bir-ikki soatga chala qolsa, kayfiyatingiz yomon bo‘lishi va nuqul uxlagaingiz kelishi mumkin. Muntazam ravishda to‘yib uxlamaslik oqibatida esa, odatda, insonning fikrlashi yomonlashadi, eslab qolish qobiliyati pasayadi, voqea-hodisalarga munosabat bildirishi sekinlashadi. Oqibatda turli falokatlar yuz beradi — masalan, AQShda yil davomida qayd etiladigan yo‘l-transport hodisalarining 100 mingtasi haydovchilarning to‘yib uxlamasligi oqibatida yuz beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, uyquga to‘ymagan odamlar suhbatdoshining hissiyotlarini to‘la anglab ololmaydi, bu esa muloqotdagi turli muamolarga sabab bo‘ladi. Yomon uyqu insonning jinsiy faolligiga ham salbiy ta’sir qiladi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, belgilanganidan kamroq uxlaydigan odamlarda “uyqu qarzi” shakllanadi — masalan, ish haftasi davomida har kuni ikki soatdan kam uxlasangiz, dam olish kunlari o‘n soatlik uyquga qarz bo‘lasiz.

Dam olish kunlari to‘yib uxlab olsam, hammasi yaxshi bo‘lib ketadimi?
Unchalik emas. Bunda vaziyat ko‘p jihatdan qarz oldi-berdisiga o‘xshaydi: siz 100 ming so‘m qarzsiz, qarzning 20 ming so‘mini uzganingizdan so‘ng vaziyat birmuncha yaxshilanadi, biroq qarzdan to‘la qutilmaysiz. Ba’zi qarzlar esa ustiga foiz ham “tug‘adi”.

Kunduzgi uyqu-chi, yordam beradimi?
Yordam beradi, lekin tungi uyqusizlikning barcha oqibatlaridan xalos etmaydi. Keyin, hamma ham o‘ziga kunduzgi uyqudek hashamni lozim ko‘ra olmaydi. Agar ish tugashi bilan uxlashga yotib olsangiz, kechqurun ko‘zga uyqu kelishi masalasida muammolar boshlanishi ehtimoli mavjud. Yo‘q, kunduzgi uyqu tungi uyqu bilan bog‘liq muammolarni to‘la hal qila olmaydi.

Juda ko‘p uxlab yuborsam nima bo‘ladi?
Yaxshi bo‘lmaydi. Olimlarning fikricha, keragidan ortiq uxlash turli muammolarga — semirish, tushkunlik, yurak xastaliklari va boshqa noxushliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Sakkiz soat uxlashning hech iloji bo‘lmasa-chi?
“Sakkiz” degan raqam atrofida o‘ralashib qolish shart emas. Yuqorida qayd etganimizdek, olti soatlik uyqudan so‘ng tiniqib uyg‘onadigan odamlar ham bor. Eng asosiysi, tiniqib va yaxshi kayfiyatda uyg‘onishga yetgulik darajada uxlash kerak. Afsuski, bunday uyqu deyarli hech qachon bo‘lmaydi.

BIRINCHI BIZDA"Kunlik normal uyqu vaqti qancha?"KEYIN BOSHQALARDA

DO'STLARGA HAM ULASHING

Прокомментировать
  • bowtiesmilelaughingblushsmileyrelaxedsmirk
    heart_eyeskissing_heartkissing_closed_eyesflushedrelievedsatisfiedgrin
    winkstuck_out_tongue_winking_eyestuck_out_tongue_closed_eyesgrinningkissingstuck_out_tonguesleeping
    worriedfrowninganguishedopen_mouthgrimacingconfusedhushed
    expressionlessunamusedsweat_smilesweatdisappointed_relievedwearypensive
    disappointedconfoundedfearfulcold_sweatperseverecrysob
    joyastonishedscreamtired_faceangryragetriumph
    sleepyyummasksunglassesdizzy_faceimpsmiling_imp
    neutral_faceno_mouthinnocent
Введите код с картинки:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
IvanFaw
9 октября 2019 19:44
Где Найти заинтересованного Заказчика С Деньгами? Как лучше Представить Ваше Новое Предложение платежеспособному покупателю? http://proday-dorogo.ga 77813869 25326965 4706802
2018-2019 www.Seriallar.com №1
все шаблоны для dle на сайте шаблоны dle 11.2 скачать